"Do'stlik" Yozgi Oromgohi
Farzandlaringiz yozni bizning ajoyib yozgi oromgohimizda maroqli o’tkazishiga imkon bering va ularning xavfsizligi haqida hech ham tashvishlanmang.
Birinchi Mavsum
Iyun 05 - Iyun 16
Narx: 2,500,000 so'm
Ikkinchi Mavsum
Iyun 19 - Iyun 30
Narx: 2,500,000 so'm
Uchinchi Mavsum
Iyul 03 - Iyul 14
Narx: 2,500,000 so'm
To'rtinchi Mavsum
Iyul 17 - Iyul 28
Narx: 2,500,000 so'm
Beshinchi Mavsum
Iyul 31 - Avgust 11
Narx: 2,500,000 so'm
Oltinchi Mavsum
Avgust 14 - Avgust 25
Narx: 2,500,000 so'm
Ko’p So’raladigan Savollar
Yo'llanma olish uchun sizga kerak:
1) Salomatlik holati to'g'risidagi tibbiy ma'lumotnoma;
2) 3 × 4 fotosurat 2ta;
3) Bolaning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasining nusxasi;
4) Ota-onalardan birining pasport nusxasi.
"Zamin-Travel" turistik firma ofisida, Islom Karimov ko'chasi 35-uy, Samarqand, 140100, O'zbekiston. Mo'ljal - 21-maktab yonida. Marshrut xaritasini veb-saytdagi Aloqa sahifasida topish mumkin.
Oromgohda ovqatlanish kuniga 5 mahal. Menyu ovqatlanish bo'yicha mutaxassislar tomonidan bolaning to'liq rivojlanishi uchun barcha kerakli mahsulotlarni hisobga olgan holda maxsus bolalar uchun tuzilgan.
Xavfsizlik 24 soat davomida sifatli kuzatuv kameralari va xavfsizlik hodimlari tomonidan nazorat qilinadi.
Oromgohimiz Samarqand viloyati, Omonqo'ton MFY (Urgut) tumanida, bolalarning qulay va xavfsiz bo‘sh vaqtini tashkil etish uchun jihozlangan xususiy dam olish maskanida joylashgan.
Ha, biz bu mas'uliyatni o'z zimmamizga olamiz. Bolalarni tashish zamonaviy avtobuslarda barcha zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda amalga oshiriladi.
Ha. Farzandingiz 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lsa, bizning oromgohimizga xush kelibsiz!
Birinchi navbatda, bola uchun yo'l xaltasini yig'ishda, quyidagilarga e'tibor berishga harakat qiling: 1) Shaxsiy gigiyena vositalari (Tish pastasi, tish cho'tkasi, sovun, shampun, yuz, oyoq va cho'milish uchun sochiq); 2) O'zgartirish uchun kiyimlar; 3) Sport kiyimi; 4) Yomg'ir va sovuq havo uchun kiyim; 5) Qo'shimcha poyabzal; 6) Suzish uchun aksessuarlar; 7) Quyoshdan himoya shlyapalari (panama); 8) Quyoshdan saqlaydigan ko'zoynaklar; 9) Quyoshga qarshi krem va, albatta, yaxshi kayfiyat!
Bir mavsumning davomiyligi 12 kun. Bu vaqt ichida bola sport o'yinlari bilan chiniqadi, ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlaydi, tanlangan mavsumga qarab, u yangi ko'nikmalarga ega bo'ladi va, albatta, dam olish va xordiqqa vaqt topadi.
Bolalarga oromgohga mobil telefon va qimmatbaho narsalarni, ayniqsa kichik bolalarga berishni qat'iyan tavsiya etmaymiz. Oromgoh bolalarda shaxsiy aksessuarlarning saqlanishi uchun javobgar emasligi sababli, barcha ota-onalardan quyidagilarni bolalarga bermasliklarini so'raymiz: - Telefonlar, noutbuklar, - zargarlik buyumlari va boshqa aksessuarlar.